
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh mavsumning qolgan qismi uchun o‘z oldiga 2 ta maqsad qo‘ydi.
“Men jamoam mavsumda eng ko‘p ochko jamg‘arish bo‘yicha rekord o‘rnatishi uchun yordam berishni xohlayman. Undan keyin esa yana “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rmoqchiman.
Bularning ikkalasini bajarish ham oson emas. Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa, men “Oltin butsa”ni tanlardim”, - deydi misrlik futbolchi.
30 yoshli Saloh joriy mavsum APLda 17 ta gol urdi. “Liverpul” esa mantiqan mavsum oxirigacha 107 ochko jamg‘arishi mumkin. Bu boradagi rekord esa “Manchester Siti”ga tegishli. “Shaharliklar” bir mavsumda 100 ochko jamg‘arishgan.
LiverpulMuhammad SalohOltin ButsaAPL MavsumFutbol RekordiOchko Jamg‘arish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar