
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya Premer Ligasining 34-turi doirasida «Lester»ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:1) raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Bu gabonlik futbolchining Premer Liga 2019/20 yilgi mavsumidagi 20-goli bo‘ldi. Shu tariqa 31 yoshli futbolchi «to‘pchilar» safida APLning ketma-ket ikki mavsumida 20 va undan ko‘proq gol urgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi.
Avvalroq ushbu natijani Terri Anri qayd etgandi. U ketma-ket 5 (2001/02—2006/07) mavsum davomida 20 tadan ko‘proq gol urgan. Bunday ko‘rsatkich 1992 yildan beri hisoblab kelinadi. Aynan shu yildan e’tiboran Angliya Premer Ligasi hozirgi formatda o‘tkazilishi boshlangan.
Obameyang 2018 yildan beri London klubi sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsumda 32 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z nomiga 20 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Per-Emerik ObameyangArsenal KlubiAngliya Premer LigaLester Uchrashuvi/20 MavsumTerri Anri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar