
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida «Milan» «Yuventus»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
«Milan» oxirgi marta Italiya chempionati doirasida 1989 yilning mart oyida «Yuventus» darvozasiga 4 ta gol urgan.
O‘shanda «rossoneri» Turin klubini 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng milanliklar «Yuventus» darvozasiga 4 ta to‘p kirita olmagan.
Mazkur g‘alabadan keyin «Milan» o‘z ochkolari sonini 49 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, mag‘lubiyatga qaramay «Yuventus» 75 ochko bilan 1-pog‘onani egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar