Foto Aleksey Ivanov
O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi, SSKA klubida sport direktori bo‘lib ishlagan rossiyalik mutaxassis Vladimir Salkov vafot etdi.
«83 yoshida SSKA klubining sobiq sport direktori Vladimir Salkov vafot etdi. Uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz», deyiladi SSKA klubining matbuot xizmati xabarida.
Vladimir Maksimovich Salkov 1937 yilda Ukrainada tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatida «Krilya Sovetov» va Donetskning «Shaxtyor» klubida o‘ynagan.
1970 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va «Shaxtyor», «Torpedo», «Rotor», SSSR olimpiya jamoasida ishlagan. Shuningdek, SSSR milliy jamoasida yordamchi murabbiy ham bo‘lgan.
2000 yilda O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlangan. Uning qo‘l ostida futbolchilar «Merdeka» Kubogi finalida Bosniya va Gersegovina milliy jamoasini 2:1 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan.
Vladimir Salkov 2001 yilda JCH-2002 saralashi final bosqichida qoniqarsiz natijalar qayd etilgani bois iste’foga chiqarilgan. O‘zbekiston milliy jamoasi uning qo‘l ostida jami 19ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 10ta g‘alaba, 3ta durang va 6ta mag‘lubiyatni qayd qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi