Yakuniga yetgan mavsumda “Rostov” safida to‘p surgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U chempionat davomida raqiblar darvozasiga 11 ta gol urdi. Ayniqsa, mavsumni ajoyib holatda boshlab sermahsulligini ko‘rsatdi.
To‘g‘ri, keyinchalik Eldor gol urish borasida qiyinchiliklarga duch keldi. Ammo umumiy holatda aytganda, hujumchimiz ancha o‘sishga erishdi. Yaqinda “Rostov” klubining instagramdagi sahifasida Shomurodovning chempionatdagi ishtiroki haqida bildirgan fikrlari paydo bo‘ldi.
- Mavsumning birinchi qismi men uchun Rossiya premer-ligasidagi eng zo‘r davr bo‘ldi. Afsuski, chempionat oxiriga borib hammasi o‘zim xohlagandek sodir bo‘lmadi. Yanada o‘sishim uchun sabablar borligini ko‘ryapman. Albatta, ishqibozlarning bir necha bor meni oyning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topishgani yoqimli bo‘ldi. Ulardan menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorman. “Rostov”da o‘ziga xos muhit bor. Men esa ushbu muhitga ko‘nikib bo‘lganman va sariq-ko‘k oilani qadrlayman. Mahalliy muxlislarni quvontirish hamda klubning yuqori o‘rinlarni egallashi uchun qo‘limdan kelganicha yordam berishga tayyorman, - dedi Shomurodov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi