07:57 / 31.07.2020
1 892

Turkiya futbol chempionatlarida quyi ligaga tushib ketish qoidasi bekor qilindi

Turkiya futbol chempionatlarida quyi ligaga tushib ketish qoidasi bekor qilindi
Foto: Yandex Photos
Turkiya futbol federatsiyasi va Turkiya sport vaziri Mehmet Qasapo‘g‘lu mamlakatning turli divizionlarida quyi ligaga tushib ketish qoidasini bekor qildi.

Hurriyet nashrining xabar qilishicha, Turkiya Superligasida so‘nggi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar («Yeni Malatyaspor», «Ankaraguju» va «Kayserispor») ligani tark etmaydi va kelasi mavsum ham oliy divizionda qoladi. Shuningdek, Turkiya ikkinchi ligasida dastlabki uch o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Superligaga yo‘l oladi.

Shu tariqa Turkiya chempionatidagi ishtirokchilar soni 21 taga yetadi. Aslida Superliga 18 jamoadan iborat edi. Xuddi shu tizim quyi ligalarga ham joriy qilinadi.

Shuningdek, Turkiyada legionerlar o‘rnatiladigan limit (bir jamoada ko‘pi bilan 14 nafar legioner bo‘lishi va o‘yin vaqtida ularning 8 nafaridan foydalanishga ruxsat berish) borasidagi yangi qoidalarni joriy qilish bir yilga kechiktiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya futbol chempionatlarida quyi ligaga tushib ketish qoidasi bekor qilindi