Foto: Richard Rodriguez /Getty Images
AQSHning Forbes nashri dunyoning eng qimmat 50 ta sport klubining 2020 yilgi ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga 5 yildan beri AQSHning “Dallas Kovboys” klubi yetakchilik qilib kelmoqda.
Yetakchi o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. «Dallas Kovboys», narxi 5,5 mlrd dollar, amerikancha futbol, AQSH. Egasi — Jerri Jons (Forbes Real-Time’ga ko‘ra boyligi 8,5 mlrd dollarni tashkil qiladi).
2. «Nyu-York Yankis», narxi 5 mlrd dollar, beysbol, AQSH. Egasi —Shteynbrennerlar oilasi (2015 yilda 3,2 mlrd dollarlik boylik bilan AQSHning eng boy oilalari reytingiga kirgan).
3. «Nyu-York Niks», narxi 4,6 mlrd dollar, basketbol, AQSH. Egasi — Madison Square Garden Company.
4. «Los-Anjeles Leykers», narxi 4,4 mlrd dollar, basketbol, AQSH. Egalari —Jerri Bass va milliarder Filipp Enshatsning (boyligi 10,1 mlrd dollar) oilaviy trasti.
5. «Golden Steyt Uorriorz», narxi 4,3 mlrd dollar, basketbol, AQSH. Egalari — milliarder Jo Leykob (boyligi 1,2 mlrd dollar) va Peter Guber.
6. «Real Madrid», narxi 4,24 mlrd, futbol, Ispaniya. Egalari — klub a’zolari.
7. «Nyu-Inglend Petriots», narxi 4,1 mlrd dollar, amerikancha futbol, AQSH. Egasi — milliarder Robert Kraft (boyligi 6,6 mlrd dollar).
8. «Barselona», narxi 4,02 mlrd, futbol, Ispaniya. Egalari — klub a’zolari.
9. «Nyu-York Jayents», narxi 3,9 mlrd dollar, amerikancha futbol, AQSH. Egalari — Jon Mara va milliarder Stiven Tich (boyligi 1 mlrd dollar).
10. «Manchester Yunayted», narxi 3,81 mlrd dollar, futbol, Britaniya. Egalari — Gleyzerlar oilasi (2015 yilda 4,7 mlrd dollarlik boylik bilan AQSHning eng boy oilalari reytingiga kirgan).
“Dallas Kovboys” klubi reytingga qatorasiga 5 yildan beri yetakchilik qilmoqda. Umuman olganda, AQSHning Milliy futbol ligasida (amerikancha futbol) ishtirok etuvchi jamoalar reytingda eng ko‘p sonli bo‘lib, 27 tani tashkil qilmoqda. Bu MFL o‘yinlari tribunalarda ko‘plab muxlislar to‘plashi va teletomoshabinlar orasida katta qiziqishga egaligi bilan tushuntiriladi: 2019 yilning eng kassabop 100 translyatsiyasi ro‘yxatiga MFLning 73 ta o‘yini kirgan.
Reytingga, shuningdek, Milliy basketbol assotsiatsiyasidan 9 ta jamoa kirgan. E’tiborlisi, MBAning 3 ta jamoasi reytingning yetakchi beshtaligidan joy olgan. Bu esa oxirgi 10 yil davomida MBA jamoalari o‘rtacha hisobda 6 marta qimmatlashgani evaziga mumkin bo‘ldi.
Reytingdan 7 tadan beysbol jamoasi va futbol jamoasi joy olgan. Ta’kidlash joiz, reytingga kirgan futbol jamoalarining barchasi Yevropa klublaridir. Reytingga «Real», «Barselona», «MYU»dan tashqari, «Bavariya» (3,02 mlrd dollar), «ManSiti» (2,69 mlrd dollar), «Chelsi» (2,58 mlrd dollar) va «Arsenal» (2,27 mlrd dollar) kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"