
Foto: Twitter
«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning kelasi mavsumda ham ushbu lavozimda qolishini ma’lum qildi.
«Setenning shartnomasi bor. Biz uni tayinlaganimizda, bu nafaqat ushbu mavsum uchun, balki keyingisi uchun ham mo‘ljallangan loyiha ekanini tushuntirgandik. Bir necha oydan so‘ng, buning ustiga pandemiya bo‘lgan davrda murabbiyning ishiga baho berish qiyin. Arturo Vidalning aytishicha, Seten futbolchilarni yaxshiroq bilib olishiga va ular bilan ishlashiga vaqt kamlik qilgan.
Hech qachon murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamaganmiz. Seten – bizning murabbiy. Biz hech kim bilan muzokara o‘tkazmadik. Ha, Xavi bilan gaplashib turaman, chunki biz yaxshi munosabatdamiz, biroq yaqinda o‘z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bir kuni u «Barselona»ni boshqaradi, qachonligini esa faqat uning o‘zi hal qiladi», — dedi Bartomeu.
Ma’lumot uchun, 61 yoshli Seten 2020 yilning yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rnini egallagandi. Klub uning qo‘l ostida La Liga 2019/20 yilgi mavsumini «Real»dan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Hozirda katalon klubi Yevropa Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirmoqda. Jamoa 8 avgust kuni o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar