Rossiyalik mashhur futbolchi O‘runovni maqtadi

Rossiyalik mashhur futbolchi O‘runovni maqtadi
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Roman Shirokov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov haqida iliq fikr bildirdi.

- Ostonning yaxshi sifatlari bor. U raqibni aldab o‘tishdan va kurashishdan qo‘rqmaydi. So‘nggi pas borasidagi kamchiligini to‘g‘rilasa bo‘ladi. Umuman olganda, u hammada yaxshi taassurot qoldirmoqda. Faoliyati qanday bo‘lishini kuzatamiz, - deydi Roman Shirokov.

Ayni paytda ko‘pchilik muxlisu mutaxassislarni Oston O‘runov keyingi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi qiziqtirmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar