“Barselona” o‘z yetakchisi Lionel Messini yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga qaytara olgani yo‘q. Klubdagi o‘zgarishlar ham Messi kutgan darajada bo‘lmadi. Xususan, klub prezidenti Bartomeu iste’fo bermadi va kelasi yili 15 martda bo‘ladigan saylovga qadar o‘z ishini davom ettiradigan bo‘ldi. Ayni paytda Messining Kataloniyadan ketish ehtimoli 30 foizga ko‘tarilgan.
Bundan unumli foydalanishni ko‘zlagan qudratli klublar Messiga kataloniyaliklardan ko‘p maosh bilan o‘ta manfaatli shartnomalar taklif qila boshladi.
“Manchester Siti” va PSJ argentinalik hujumchiga yiliga 50 million yevrodan kam bo‘lmagan maosh taklif qilmoqda. Ular shartnomaning boshqa bandlarini sir tutmoqda. Avvalroq, “Inter” ham shuncha maosh bilan to‘rt yillik bitim taklif qilgan.
Messining o‘zi bu voqealar yuzasidan hech qanday bayonot bergani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”