Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, qolaversa, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Bu jarayonda sportning Olimpiya turlarini rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazining zamonaviy o‘q otish o‘quv-mashg‘ulotlar bazasining ochilishi ushbu sport turi rivojida yangi bosqichni boshlab beradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ayni paytda mamlakatimizda o‘q otish sporti bilan 3 700 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz muntazam shug‘ullanib kelishmoqda, shundan 800 nafarga yaqini xotin-qizlardir. Ularga 136 nafar trener o‘q otish sporti sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgan bo‘lsa, yurtimizda mavjud TIRlar, ya’ni o‘q otish majmualari 122 tani tashkil qiladi.
Mamlakat terma jamoasi tarkibiga o‘q otish sportidan 48 nafar sportchi taklif etilayotgan bo‘lsa, shundan 10 nafari Mudofaa vazirligi sport markazi a’zolari sanaladi.
Shuni ta’kidlash kerak, hamyurtlarimiz o‘q otish sporti bo‘yicha muntazam tarzda qit’a va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda. Olimpiya o‘yinlari sovrindori, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Yambulatov, Osiyo o‘yinlari va jahon kubogi singari nufuzli musobaqalar sovrindori Dilshod Muxtorov, Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan II o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Vladimir Sveshnikov, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Server Ibragimov kabi sportchilarni bugun O‘zbekistondan tashqarilarda ham yaxshi bilishadi.
Quvonarlisi, Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Server Ibragimov Tokioda bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. Bu esa yurtimizda o‘q otish sporti yaxshi rivojlangani va o‘z an’analariga ega ekanligini anglatadi.
Bugun poytaxtimizda Mudofaa vazirligi sport majmuasiga qarashli o‘q otish sporti o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi tantanali ochildi. Unda Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, Mudofaa vazirligi sport markazining nomdor sportchilari, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi vakillari hamda sport faxriylari ishtirok etishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan R.Ermatov sportchi uchun eng avvalo sport infratuzilmasi hamda zamonaviy sport inventarlari, qolaversa malakali trenerlar kerakligini ta’kidlab, bu borada bugun foydalanishga topshirilgan o‘q otish sporti o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida yaratilgan sharoitlar va mavjud o‘q otish qurollari xalqaro talablarga javob berishi, murabbiylarning salohiyati yuqori ekanligi tez orada ushbu sport turi rivojida o‘z samaralarini berishini aytib o‘tdi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z tomonidan barcha yordamni berishga tayyorligini ham bildirdi.
Tadbir yakunida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh mutaxassislar Mudofaa vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”