11:00 / 25.08.2020
2 209

Ro‘ziqul Berdiyev: "E’tiborni yo‘qotganimiz bizning katta xatomiz bo‘ldi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "E’tiborni yo‘qotganimiz bizning katta xatomiz bo‘ldi"
Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Bunyodkor” (2:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Chunki, o‘yinda ham, hisobda ham oldinda borayotgan edik. Lekin, oxirgi 20 daqiqada e’tiborni yo‘qotdik. Ayrim o‘yinchilarimiz pazitsion xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Buning evaziga tayyor uch ochkoni qo‘ldan boy berdik. Juda alamli durang. Hozir futbolchilarimiz bilan nima yo‘qotganimizni gaplashib oldik, ular barchasini tushunishdi deb o‘ylayman. "Bunyodkor" bilan o‘yinda uch ochko olishimiz shart hisoblanardi. Boisi turnir jadvalidagi eng yaqin yonma-yon ketayotgandik. Ikki jamoada ham g‘alabaga bo‘lgan xohish kuchli bo‘ldi. "Bunyodkor" ham, "Nasaf" ham g‘alaba uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdi.

E’tiborni yo‘qotganimiz bizning katta xatomiz bo‘ldi. Yana ham hujumga berilib ketdik. “Bunyodkor” tavakkal qilib ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tdi. Qaysidir vaziyatda futbolchilarimiz diqqatni yo‘qotdi. Balki, natija uchun o‘ynashimiz kerak edi. Futbolchilarim yana hujumga o‘tib ketaverdi. Orqa chiziqda kuchlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Rejamizda hisob ushlanib turganda oxirgi daqiqalarni beshta himoyachi bilan o‘tkazmoqchi edik. Ammo, bunday bo‘lmadi. 2:1 paytida G‘olib G‘aybullayev jarohat olib qoldi. Natijada yana to‘rtta himoyachi bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik.

Hisobni saqlab qolish, o‘yin tempini tushurish borasida ko‘rsatma bermadik. Bu narsani hech qachon qilmaymiz ham. Qanchalik o‘yinni cho‘zganingiz bilan futbolchi o‘sha vaqtda tempni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu ham zararga ishlaydi. Ataylab vaqt cho‘zishni o‘ylamadik. Faqat hisobni ushlab qolish uchun beshta himoyachi bilan harakat qilishni reja qilgandik. Uchinchi markaziy himoyachini tushayotganda futbolchi jarohat olib qoldi. O‘ylagan rejamiz amalga oshmadi. Standart vaziyatda ularni foydasi tegardi. Birinchi bo‘limdan keyin futbolchilarimga raqib hujumga o‘tib ketganidan foydalanishni, orqada bo‘sh xududlar paydo bo‘lishini ta’kidladim. O‘sha maqsadda Kenjaboyevni tushirdik. Afsuski, u ham bahsga kirishib keta olmadi.

O‘yin boshidagi to‘xtalish haqidagi savol menga emas. Lekin, vaqtni cho‘zilishi futbolchilarga katta ta’sir qilmadi. Ikki jamoa ham bir hil holatda edi. Bu bahona bo‘la olmaydi”,- deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "E’tiborni yo‘qotganimiz bizning katta xatomiz bo‘ldi"