Lionel Messi va Jozep Bartomeu o‘rtasidagi mojaro argentinalik hujumchining g‘alabasi bilan yakunlanadigan bo‘ldi.
Bartomeu futbolchi bilan shartnomaga ishongani holda, 700 million yevro miqdoridagi badal puligina Messiga ketish imkonini berishini ta’kidlab, hujumchiga bosim o‘tkazayotgan edi. Endi klub prezidenti bu qurolidan foydalana olmaydi. U shartnomani sinchkovlik bilan o‘qimagan ko‘rinadi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, shartnomada agar futbolchi jamoada so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsa, 700 million yevro miqdoridagi badal pulini to‘lash majburiyati amal qilmasligi belgilab qo‘yilgan ekan. Agar futbolchi 2019-2020 yilgi mavsumdan so‘ng klubdan ketadigan bo‘lsa, “Barselona” 700 million yevrolik badal puliga da’vo qila olmaydi. Hozir aynan shunday vaziyat.
Demak, Messini klub bilan bog‘lab turgan yagona “arqon” ham uzildi. Argentinalik hujumchi o‘ziga ishongan holda jamoa mashg‘ulotlariga kelmasligini ma’lum qildi. Tez orada transfer bo‘yicha yangilik bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi