“Barselona” rahbariyati Messi borasida yana fikrini o‘zgartirdi. Endi klub xo‘jayinlari argentinalik hujumchini shartnoma yakunlanmaguncha o‘z safida olib qolmoqchi. Bunga Messining mavsumoldi yig‘iniga kelmagani sabab bo‘ldi.
“Barselona” Messini transfer qilishni istayotgan klublarning qo‘ng‘irog‘i va murojaatlariga umuman javob qaytarmayapti. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchiga bo‘layotgan va bo‘ladigan har qanday taklifni rad etishga qaror qilgan.
Oldinroq, “Barsa” Messini 250 million funt evaziga “Manchester Siti”ga qo‘yib yuborishga roziligi aytilgandi. Endi Messi klubni tark eta olmasa yoki “Barsa” bilan kelishuvga erishmasa, futboldan chetda qolishi mumkin. Bir necha oy futboldan tashqarida qolgan har qanday yulduz ham qisqa fursatda yaroqsiz futbolchiga aylanib qolishi tabiiy hol. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda