
Lionel Messi dushanba kuni yangi bosh murabbiy Ronald Kumanning ilk mashg‘ulotidan oldin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikka kelmasligi haqida klub rahbariyatini ogohlantirdi.
Argentinalik hujumchi yakshanba kuni klubga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va koronavirusga test topshirishi kerak edi.
Messi bu xatti-harakati bilan klubdan ketish maqsadi jiddiy ekanini ko‘rsatdi.
Bundan avval, "Barselona" rahbariyati vakillari Messi mashg‘ulotlarga kelmasligini taxmin qilgandi. Amalda bu taxminlar o‘zini oqlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar