
Xorxe Messi o‘g‘lining kelajagini muhokama qilish uchun chorshanba kuni “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu bilan uchrashadigan bo‘ldi. Xorxe Messi tez fursatda Kataloniyaga uchib keladi.
Avvalroq, Kataloniya klubi rahbariyati Messining yuristlari bilan uchrashish taklifini rad qilgan edi.
Bo‘lajak uchrashuvda Xorxe Messi o‘g‘li Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan va bunday imkoniyatga ega bo‘lgan qudratli klublarda yangi loyiha yetakchisi bo‘lish uchun ketishi lozimligini to‘g‘ri tushuntirishga harakat qiladi.
O‘z navbatida, u Bartomeuni futbolchiga ketish uchun ruxsat berishga ko‘ndirishi kerak. Chunki “Barselona” rahbari Messi bo‘yicha bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishdan bosh tortyapti.
Xorxe MessiBarselona PrezidentiKataloniya KlubiYevropa Chempionlar LigasidaFutbolchi RuxsatO‘g‘il Kelajagi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar