21:35 / 31.08.2020
1 957

Ikki nafar hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi

Ikki nafar hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi
Foto: OKMK FK
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasining Coca-Cola Superliga 13-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonnomasiga binoan ikki nafar hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi, deya xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.

«Buxoro» — OKMK uchrashuvida (2:2) faoliyat olib borgan bosh hakam Vadim Agishevning harakatlari o‘rganib chiqildi. Bir necha vaziyatlarda Agishev jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygani va o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborgani aniqlandi. Shu sababli unga Superliga o‘yinlaridan chetlatilish intizomiy jazosi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yinda har ikki jamoaning ikkinchi goli vaqtida bahsli holatlar yuzaga kelgandi.

Shuningdek, «Navbahor» — «Qo‘qon-1912» o‘yini (0:1) bosh hakami Viktor Serazetdinovning ishida ham jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Uning o‘yin davomida yo‘l qo‘ygan xatolari bevosita natijaga ta’sir qilgan. Serazetdinovga nisbatan Superligadan chetlatilish va quyi ligaga tushirib yuborish intizomiy jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikki nafar hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi