«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klubda qolishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca.
Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchining ketishi bilan bog‘liq vaziyat yaqin orada o‘zgarishi mumkin.
Qayd etilishicha, hujumchi o‘z fikrini o‘zgartirishni va yana bir mavsum Kataloniyada qolishni rejalashtirmoqda.
Bunga asosiy sabab qilib «Barselona»ning futbolchini sotish borasidagi qat’iy pozitsiyasi ko‘rsatilmoqda. Klub prezidenti Xosep Bartomeu Messini qo‘yib yubormoqchi emas, u buni futbolchining otasi bilan uchrashuvda ham aniq aytgan. Shu bois Messi shartnomani bekor qilish uchun faqatgina sudga murojaat qilishi mumkin, ammo Leo bu variantni o‘zi uchun ma’qul ko‘rmayapti.
Xabarda aytilishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchi «Barselona» bilan sobiq jamoadoshi Neymar kabi mojaroli xayrlashmoqchi emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi