2 331
Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Foto: TFF
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida 6 sentabr, yakshanba kuni Tojikiston yoshlariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tojikistonliklar safida Abdulmo‘min Zabirov, Salam Ashurmamadov, Rustam Soirov va Sunatullo Ismoilov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘zbekistonliklarning yagona goliga Ulug‘bek Hoshimov muallif bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur terma jamoalar o‘rtasida 3 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk bahsda O‘zbekiston 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
6 sentabr, yakshanba
Tojikiston U-19 — O‘zbekiston U-19 4:1
Gollar: 1:0 – 33, penalti Abdulmo‘min Zabirov, 2:0 – 40 Salam Ashurmamadov, 3:0 – 83 Rustam Soirov, 3:1 – 87 Ulug‘bek Hoshimov, 4:1 – 90+1 Sunatullo Ismoilov.
Tojikiston U-19: Muhriddin Hasanov, Alijon Karomatullozoda, Manuchehr Safarov, Muhammad Salomzoda, Abdulmo‘min Zabirov, Nidoyor Zabirov, Rustam Soirov, Islom Zairov, Shuhrat Elmurodov, Isroil Xolov, Salam Ashurmamadov.
O‘zbekiston U-19: Izzatilla Tursunov, Shohjahon Sultonmurodov, Murod Xo‘jamberdiyev, Muhammadqodir Rahimberganov, Bektemir Abdumannonov, Bekzod Shamsiyev, Humoyun Sherbotayev, Asadbek Azimjonov, Muzaffar Olimjonov, Jaloliddin Sodiqov, Ulug‘bek Aknazarov.
Zaxira: Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Ulug‘bek Hoshimov, Davron Anvarov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ruslan Roziyev, Husayin Norchayev, Ibrohim Ibragimov, Abdurauf Bo‘riyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti