Bugun Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov mamlakatning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tayotgani borasida xabar bergandik.
Ko‘pchilikda hamyurtimiz nega shanxayliklar safini tark etib, turnir jadvalining oxirgi o‘rinlarida borayotgan "Tyanszin Teda"ga ko‘chib o‘tayotgani borasida savol paydo bo‘lmoqda.
Xitoy nashrlarining yozishicha, "Shanxay SIPG" klubi Angliya Premer ligasi vakili "Brayton" yarim himoyachisi Aaron Muyni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu futbolchi esa Odil Ahmedovning pozitsiyasida to‘p tepadi. Xitoyliklar avstraliyalik xavbek uchun 4 million yevro sarflashdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining "Shanxay SIPG"ni tark etishi sabablaridan biri sifatida jamoaga Muyni olib kelingani, deb yozmoqda mahalliy nashrlar.
"Tyanszin Teda" klubiga ayni paytda Janubiy Koreya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi germaniyalik Uli Shtilike bosh murabbiylik qilmoqda. Odil Ahmedov 10 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 10-turgi bahsdan keyin "Tyanszin Teda" safiga borib qo‘shiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda