2 640
Vadim Abramov: "Yangi rahbariyat men bilan ham, futbolchilar bilan ham uchrashgani yo‘q"
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugungi o‘yinni oson yutishimiz kerakdek edi. Biroq o‘zimizga muammolar paydo qildik va uchrashuv oxirida biroz asabiy bo‘ldi. Umuman olganda o‘yinda g‘alabaga munosib harakat qildik.
- Eshitishimizga qaraganda yangi rahbariyat futbolchilar bilan uchrashmagan, moliyaviy muammolar bor ekan. Bu ichki muhitga qay darajada ta’sir qilmoqda?
- Men hozirgacha yangi rahbariyat bilan uchrashganim yo‘q. Futbolchilar bilan ham hech kim uchrashgani yo‘q. Muammolar juda ko‘p. Ammo afsuski ular hal bo‘lmayapti. Yigitlar shu muammolarga qaramay maydonga tushib o‘ynashmoqda. Umid qilamizki barchasi yaxshi bo‘ladi.
- Bir yo‘la uch o‘zgarishni amalga oshirdingiz. Yangilar o‘yinni kuchaytira olishdimi?
- Shubhasiz, agar o‘yinni shunday yomon tugatgan bo‘lsak o‘zgarishlar foydali bo‘lmagan bo‘ladi. Ammo ayb faqat ularda emas. Maydondagi futbolchilar ham yangilarga ishonib qolishdi.
- "Bunyodkor"da penaltilarni G‘iyosov va Qobilov amalga oshirishadi. Bugun esa Nuriyev tepdi...
- Shunchaki zaxiradan maydonga tushgan hujumchi o‘zi ishlagan penaltini tepishini o‘zim xohladim. Uchrashuv oxiri bo‘lgani uchun shunday qarorga keldim. Afsuski gol ura olmadi, aslida bugun men juda yomon ishladim.
- Ayni paytdagi muammolarni olib qarasak ikkinchi davrada qaysi o‘rin uchun va qanday maqsadda o‘ynaydi?
- Umid qilamanki muammolar qandaydir hal qilinadi. Men o‘zimdan ko‘ra yigitlar uchun ko‘proq tashvishdaman. "Bunyodkor" klubi o‘zbek futboliga hali ko‘p foyda keltiradi va bunday munosabatga loyiq emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda