Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun raqibimizdan yaxshiroq o‘ynamadik. Lekin, g‘alaba qozondik. Bu futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar mag‘lub bo‘lganimizda o‘zimizni xatolarimiz evaziga yutqazgan bo‘lardik. Futbolchilarni bu o‘yinga ruhiy tomondan tayyorlash qiyin bo‘ldi. Istasak istamasak yigitlar turnir jadvaliga, raqibning oxirgi o‘yinlariga qarashadi. "Andijon" jamoasi tan olish kerak bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. "Andijon" jamoasining himoya va hujum chizig‘ida muammolari borligini bilardik. Xatolardan unumli foydalanish kerakligini tushuntirdik.
Yuqorida ham aytdim. "Andijon" jamoasidan yaxshi o‘ynamadik. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bu oxirgi yomon o‘yinimiz bo‘lishi kerakligini aytdim. Jamoamiz bunchalik yomon to‘p tepmagan. Bugun eng yomon o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik. Bunga raqibimiz ham imkoniyat bermadi. Maydon holati ham ideal emas edi. Shuning uchun ham ikki jamoa qiynaldi. Mazmunli o‘yin ko‘rsatish uchun to‘sqinlik qildi.
"Andijon" jamoasini yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q edi. Ular har bir o‘yinda natija uchun o‘ynashmoqda. Shuning uchun mahorati yetganicha kurashmoqda. Raqib to‘rtta hujumchi bilan oldinga o‘tgani uchun uchinchi markaziy himoyachini markaziy himoyachini tushirdik. Bu sxemada ko‘p o‘ynaganmiz. Asosiy maqsadimiz natijani saqlab qolish edi.
Dilshod Rahmatullayev yetakchi o‘yinchilarimizdan biri. Oraliqdagi tanaffusda mashg‘ulotlarga kam qatnashgani bois formasini yo‘qotib qo‘ydi. Endi formasini tiklamoqda. Unga ishonganimiz uchun jamoamizga taklif qildik. Tajribasi katta.
2017 yil oxiri 2018 yil boshida o‘sha esingizda bo‘lsa "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganimizdan keyin jamoamiz bilan yetakchilarni saqlab qolgan holatda chempionlik uchun kurashishimizni ta’kidlagandik. Lekin, unday bo‘lmadi. O‘sha mavsumdan keyin moliyaviy tomondan pasayish kuzatildi. Ko‘proq yoshlarimizga e’tibor beramiz, ularning o‘sishi uchun harakat qilamiz.
O‘shanda tarkibni saqlab qolib, 1-2 nafat tajribali futbolchi olganimizda bemalol chempionlik uchun kurasha olardik. Hozir bu futbolchilar qayerda o‘ynayotganini yaxshi bilasiz. Rahbariyatga buni ko‘p bor ta’kidlaganmiz. Imkoniyat bo‘lmadi. Imkon qadar oldimizga yuqori maqsad qo‘yamiz. Yoshlarni har tomonlama shakllantirishimiz kerak. Bu narsa kelajakda katta foyda beradi deb o‘ylayman.
"Andijon"ni Superligada qolishi juda qiyin bo‘ladi. Eshitishimizga qaraganda jamoaga yangi homiy topilgan, yangi murabbiy keldi. Murabbiy ham sexrgar emas, unga ham sharoit kerak, yaxshi futbolchi kerak, vaqt berish lozim. "Andijon"ga omad tilayman.
Oybek Bozorov haqida bizga hech kim taklif bilan chiqmadi. Uning biz bilan uzoq yillik shartnomasi bor",- deydi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda