O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCH-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi keyingi yilga qoldirilganiga qaramay, mazkur bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Shu sababli, milliy jamoamiz oktabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida avval xabar berganimizdek, ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.
Dastlab, Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy terma jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasining iltimosiga binoan bir kun keyinga ya’ni 8 oktabrga ko‘chirildi. Mazkur bahs “Paxtakor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda