22:22 / 19.09.2020
3 558

Qozoq bokschisi Shohjahon Ergashev bilan jang qilishni xohlamadi va promouterining g‘azabiga sabab bo‘ldi

Qozoq bokschisi Shohjahon Ergashev bilan jang qilishni xohlamadi va promouterining g‘azabiga sabab bo‘ldi
Kanadaning “Eye of the Tiger Management” promouterlik kompaniyasi rahbari Kamill Estefan Journaldemontreal.com bilan suhbatda qozog‘istonlik bokschi Botir Jukembayev (18-0, 14 KO) o‘zbek bokschisi Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) bilan jang qilishdan bosh tortganligini ma’lum qilgan.Bu haqida Sports.kz sayti ham xabar bermoqda.

Avvalroq, qozoq bokschisiga noyabr oyida Ergashev bilan jang qilish taklifi bildirilgan edi. Lekin Jukembayev buni istamagan. Ushbu rad javobi kompaniya rahbarini juda xafa qilgan. Hatto, Moskvadagi murabbiyi Andrey "Bupas" Ivichuk ham Jukembayevni Ergashev bilan jang qilish uchun ko‘ndirishga uringanini tan oldi.

"Biz uning murabbiyi “Bupas”ga shartnoma taklif qilganimizda, juda xursand bo‘lgandi. U mazkur chaqiruvni qabul qilishga tayyor edi va menga Botirning g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyati borligini aytgandi. "Bupas" Botirni uch kun ko‘ndirishga harakat qildi, ammo barchasi natija bermadi. Qiziq, uni ushbu jangga rozi qilish uchun nima qilishim kerak edi? U bizning "Super 6" turnirimiz va to‘rtta bokschining mini-turniridan bosh tortdi. U mendan AQSHda katta jang tashkil qilishni iltimos qildi. Ergashevni taklif qildim, u yana rad etdi”- dedi Jukembayevning promouteri.

Eslatib o‘tamiz, Botir Jukembayevning ringdagi so‘nggi chiqishi yanvar oyida bo‘lib o‘tgan va o‘sha jangning ikkinchi raundida meksikalik Rikardo Larani (22-8, 10 KO) nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozoq bokschisi Shohjahon Ergashev bilan jang qilishni xohlamadi va promouterining g‘azabiga sabab bo‘ldi