
Foto: OFK
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 27 sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Xavi qo‘l ostidagi «As-Sadd» Eronning «Persepolis» jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Isa Alekasir forslarga keyingi bosqich eshiklarini ochgan golga mualliflik qildi.
Yana bir o‘yin Saudiya Arabistonining «An-Nassr» va «At-Tavun» jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda Abdurrazoq Hamdullohning goli «An-Nassr» futbolchilariga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa g‘arb mintaqasida chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi:
- «Paxtakor» (O‘zbekiston)
- «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni)
- «An-Nassr» (Saudiya Arabistoni)
- «Persepolis» (Eron)
¼ final bosqichiga 28 sentabr kuni qur’a tashlanadi. Mazkur bosqich o‘yinlari 30 sentabr kuni o‘tkaziladi.
1/8 final bahslari
«Persepolis» Eron — «As-Sadd» Qatar 1:0
Gol: 1:0 – 88 Isa Alekasir.
Chetlatish: Siamak Ne’mati (90+1) — «Persepolis»
«An-Nassr» Saudiya Arabistoni — «At-Tavun» Saudiya Arabistoni 1:0
Gol: 1:0 – 75 Abdurrazoq Hamdulloh. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar