
Rossiyalik mutaxassis Dmitriy Kirichenko “Rostov” forvardi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
- Bu oldinga qadam, ertami-kech u buni qilishi kerak edi, deya so‘z boshladi Kirichenko. – Bu “Rostov”ning Yevropa Ligasidan chiqib ketishi bilan bog‘liq yo yo‘qligini bilmayman. Biroq, ehtimol bu ham ta’sir o‘tkazgandir. Italiya – Shomurodov uchun ajoyib tanlov. Angliyada esa qiyinroq bo‘lardi. Eldor – mehnatkash, tezkor, pozitsiyani yaxshi tanlaydi, omadsiz seriyaga qaramasdan gol urishni ham uddalaydi. U yosh va Yevropadagi faoliyatini boshlashi uchun Italiya juda mos keladi.
O‘ylashimcha, “Rostov” ko‘p narsa yo‘qotmaydi. Poloz, Ionov va ular kabi bosh bilan yomon o‘ynaydigan hujumchilar bor. Shomurodovga yaxshigina summa to‘lashmoqchi – 8-9 mln yevro. “Rostov”ning yevrokuboklarda ishtirok etmayotganini hisobga olsak, nega bunday bo‘lmasligi kerak?, deya so‘zlarini yakunlagan donliklar sobiq murabbiyi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar