16:00 / 03.10.2020
2 770

Floyd Meyvezer: «Konor bilan jangda juda ham osonlik bilan 300 mln dollar ishlab olganman»

Floyd Meyvezer: «Konor bilan jangda juda ham osonlik bilan 300 mln dollar ishlab olganman»
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha besh vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC’ning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor bilan revansh jangini o‘tkazishga tayyorligi haqida gapirdi.

- "Konor bilan kurashish — pul topishning oson yo‘li. U bilan birinchi jangda men osonlik bilan 300 million dollar ishlab olganman.
Albatta, men u bilan yana jang qilib, (yana) 300 million dollar ishlab olishga rozi bo‘lardim.

Konor qanday jang qilish kerakligini bilmaydi. U menga jangda qanday qilib apperkot berganini eslolmayman. Men buni sezmaganman ham. Bu juda kulgili edi. Ammo menga Makgregor yoqmaydi. Uni umuman yoqtirmayman
", deydi Floyd Meyvezer.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning avgust oyida boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan jangda Meyvezer Makgregorni o‘ninchi raundda nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyvezer: «Konor bilan jangda juda ham osonlik bilan 300 mln dollar ishlab olganman»