O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Rostov”dan A Seriya vakili “Jenoa”ga ko‘chib o‘tishi Rossiya premer-ligasining eng shov-shuvli transferi sifatida e’tirof etilmoqda.
To‘g‘ri, “Lokomotiv” yetakchisi Aleksey Miranchuk ham Eldordan oldinroq “Jenoa”dan kuchliroq bo‘lgan va Chempionlar ligasida o‘ynaydigan “Atalanta”ga o‘tgani ham katta transfer bo‘ldi. Farqi shundaki, Miranchukning transferi ancha avvaldan ovoza bo‘lgan va vaziyat pishib qolgandi. Eldorni qo‘lga kiritish uchun “Jenoa”, “Verona” va “Fiorentina” kabi klublari o‘zaro raqobatlashgani, umuman olganda, hamyurtimizning Italiyadan taklif olgani kutilmagan holat bo‘ldi.
Chunki, o‘tgan yilgi mavsumda Shomurodovga asosan La Ligadan “Selta”, Bundesligadan “Shtutgart” va “Shalke” kabi jamoalardan qiziqish va murojaatlar bo‘lgani bor gap. Shuning uchun ko‘pchilik Eldorni Germaniyaga ketishini kutgandi.
Birdan “Jenoa” varianti paydo bo‘ldi. Genuyaliklarning rasmiy chorlovi ovoza bo‘lganidan keyin “Verona” va “Fiorentina” raqobatga kirishdi. “Jenoa” taklif shartlarini yaxshilab, “Rostov” roziligini olishga erishdi.
O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari Italiya futboli uchun notanish emas. Bundan qariyb yigirma yillar muqaddam Ilyos Zeytullayev “Yuventus” akademiyasida tahsil olib, katta jamoa tarkibida ham muayyan uchrashuvlarda maydonga tushgan va keyinchalik bu yurtning o‘nga yaqin jamoalarida to‘p tepgan edi. Farqi shundaki, Ilyos Italiyaga juda yosh borib qolgan. Eldor Shomurodov esa, mahoratli hujumchi sifatida taklif oldi.
“Jenoa” klubida kutilmaganda koronavirus tarqagani bois, Eldor Shomurodovni jamoada kutib olish marosimini an’aanga muvofiq va ko‘ngildagidek tashkil etish imkoni bo‘lmadi. Asosiy tarkibning 20 nafarga yaqin futbolchisi virus yuqtirgani uchun karantinda va shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Eldorning o‘zi to‘rt yillik shartnomaga imzo chekkan va “Jenoa” futbolchisi sifatida tanishtirilgani haqidagi videolavhalar ham tarqaldi.
Ayni paytda “Jenoa”dagi ilk mashg‘ulotini kutayotgan hamyurtimiz jurnalistlarga intervyu berib, ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Hozir shu yerga kelganimdan juda xursandman. Dunyoning eng kuchli ligalaridan birida o‘ynash azaliy orzularimdan biri edi. Meni to‘g‘ri tushunib, ketishimga ruxsat bergani uchun “Rostov” rahbariyatidan minnatdorman. Orzularim ro‘yobga chiqmoqda.
- O‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ygansiz? Bu mavsumda Krishtianu Ronaldudan ko‘p gol urishni istaysizmi?
- Katta gapirmayman. Oddiy qilib aytganda, qo‘limdan kelgan barcha narsani amalga oshirishga harakat qilaman!
Darhaqiqat, Eldor Shomurodov “Jenoa”da 9-raqamda to‘p suradi. Hamyurtimiz A Seriyadagi debyutini 19 oktabr kuni “Verona” jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. A Seriyaning to‘rtinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvga Verona shahridagi 45 ming kishilik "Stadio Mark-Antonio Bentegodi" stadioni mezbonlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar