Foto: «Vestikavkaza.ru»
Britaniyalik «Mercedes» poygachisi Lyuis Xemilton Ayfel Gran-prisini qo‘lga kiritib, «Formula-1»da g‘alabalar soni bo‘yicha Mixael Shumaxerning rekordini takrorladi. Natijalar bilan musobaqa saytida tanishishingiz mumkin.
Poyga Germaniyaning «Nyurburgring» avtodromida bo‘lib o‘tdi. Xemilton karerasidagi 91-g‘alabasini qo‘lga kiritib, Shumaxerning muvaffaqiyatini takrorladi. Ikkinchi o‘rinni «Red Bull» jamoasidan niderlandiyalik Maks Ferstappen egallagan bo‘lsa, «Renault» haydovchisi avstraliyalik Daniel Rikkyardo marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
«Formula-1»ning keyingi bosqichi 23 — 25 oktabr kunlari Portugaliyada o‘tkaziladi.
31 avgust kuni Xemilton «Formula-1»da yetakchilik qilish bo‘yicha o‘z yutug‘ini yangilagandi. O‘shanda britaniyalik sportchi poyga davomida 24 297 kilometr masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tgan. Shumaxer esa 24 148 kilometrgacha masofada yetakchilikni qo‘ldan boy bermagan.
Shumaxer — yetti karra «Formula-1» chempioni. Hozir u 2013 yilda Alp tog‘larida chang‘i uchish paytida olgan bosh-miya jarohatidan tiklanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar