09:18 / 13.10.2020
1 982

Vadim Abramov: "Sergeyevga doim ishonganmiz"

Vadim Abramov: "Sergeyevga doim ishonganmiz"
BAA - O‘zbekiston (1:2) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov championat.asia saytiga intervyu berdi.
- G‘alaba bilan tabriklaymiz, jamoamiz ikkinchi taymda ayniqsa yaxshi o‘ynadi...
- Yigitlar harakat qilishdi, chiroyli o‘yin namoyish etishga urinishdi. Raqib bugun bizga shunday o‘ynash imkonini berdi. Bilasizmi bugungi o‘yinda natija muhim emasdi. Tarkibimizdagi yigitlarni maydonda sinab ko‘rish maqsadimiz edi. Anchadan buyon ularni terma jamoada ko‘rmagandik. Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda yig‘inga chaqirilgan deyarli barcha futbolchilar maydonga tushishdi. Hech kim BAAga sayyoh bo‘lib borgani yo‘q. Yana xorijda o‘ynayotgan bir qator futbolchilar bor, ular bu yig‘inga qatnasha olishmadi. Umuman olganda bu yig‘in uchun futbolchilarga rahmat aytaman. Ayniqsa "Paxtakor" a’zolariga alohida rahmat. Ular Qatardagi OCHLda deyarli bir oy mehmonxonadagi xonadan hech qayerga chiqmay yashashdi. BAAga ham keldik va yana mehmonxonadan chiqmayapmiz. Terma jamoaga yordam berishgani uchun rahmat.

- Igor Sergeyev ikkita gol urdi. Vaziyatlardan unumli foydalana oldi...
- Ha, unga doim ishonganmiz. U terma jamoada yangi emas, tajribali futbolchi. Bugun katta hajmdagi ishni bajardi. Juda mas’uliyatli futbolchi. Bugungi ikkita gol uchun alohida rahmat aytaman.

- Aziz G‘aniyev va Otabek Shukurov BAA terma jamoasi futbolchilarini yaxshi bilishadi. Ularning o‘yiniga qanday baho berasiz?
- G‘aniyev va Shukurov BAA chempionatida o‘ynashadi-ku. Shu bois bugun ularga ishonch bildirdim. Ular o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsatishdi. Barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Albatta mayda xatolar bor, ammo barchasi birdaniga bo‘lmaydi. Qisqa vaqt ichida xatolarni bartaraf etishga urinamiz. Toshkentga 16 oktabr kuni qaytamiz", - deydi Vadim Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Sergeyevga doim ishonganmiz"