Foto: «Barselona»
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa boshqaruvini qo‘lga olganidan ko‘p o‘tmay, Lionel Messi bilan suhbatlashgani haqida gapirdi.
- "Shubhasiz, futbolchilar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda katta noroziliklar bo‘lgan. Shuning uchun avval Messi bilan suhbatlashish, uning vaziyatni qanday ko‘rayotganini bilish men uchun muhim edi. Uyda u menga hamma narsani aytib berdi. Men uni diqqat bilan eshitdim, lekin aytdimki: «Men u yerda umuman bo‘lmaganman». U bilan faqat qay tarzda ishlash va vaziyatni qanday o‘zgartirishni xohlayotganim haqida gaplashdim.
Yakunda biz voqealarning ijobiy rivoji, futbol va o‘yin haqida suhbatlashdik. Menga yoqdi", - deydi «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman.
Eslatib o‘tamiz, Messi mavsum avvalida «Barselona» rahbariyatiga boykot e’lon qilib, tibbiy ko‘rik va mavsumoldi yig‘inlarga kelmagandi. Biroq klub uni shunchaki qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgach, argentinalik futbolchi 2021 yilning yozigacha jamoada qolishga qaror qildi.
Kuman boshqaruvidagi «Barselona» La Liga turnir jadvalida 7 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi