08:08 / 20.10.2020
870

Ronald Kuman Messi bilan birinchi suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi

Ronald Kuman Messi bilan birinchi suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi
Foto: «Barselona»
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa boshqaruvini qo‘lga olganidan ko‘p o‘tmay, Lionel Messi bilan suhbatlashgani haqida gapirdi.
- "Shubhasiz, futbolchilar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda katta noroziliklar bo‘lgan. Shuning uchun avval Messi bilan suhbatlashish, uning vaziyatni qanday ko‘rayotganini bilish men uchun muhim edi. Uyda u menga hamma narsani aytib berdi. Men uni diqqat bilan eshitdim, lekin aytdimki: «Men u yerda umuman bo‘lmaganman». U bilan faqat qay tarzda ishlash va vaziyatni qanday o‘zgartirishni xohlayotganim haqida gaplashdim.

Yakunda biz voqealarning ijobiy rivoji, futbol va o‘yin haqida suhbatlashdik. Menga yoqdi
", - deydi «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman.

Eslatib o‘tamiz, Messi mavsum avvalida «Barselona» rahbariyatiga boykot e’lon qilib, tibbiy ko‘rik va mavsumoldi yig‘inlarga kelmagandi. Biroq klub uni shunchaki qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgach, argentinalik futbolchi 2021 yilning yozigacha jamoada qolishga qaror qildi.

Kuman boshqaruvidagi «Barselona» La Liga turnir jadvalida 7 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)