"Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘yin xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Ko‘p gapirib o‘tirishning hojati yo‘q. Avvalo, jamoamga 3 ochkoga ega bo‘lganimiz uchun rahmat aytaman. O‘yin jangovar va asabiy ruhda kechdi. Ikkala jamoa ham mag‘lubiyatga uchrashni istamagani ko‘rinib turdi.
"Bunyodkor" qanday o‘ynashini bilamiz: tezkor, texnik jihatdan yuqori saviyadagi futbol namoyish etishadi. Biz ular yerda yaxshiroq o‘ynashini anglagan holda, bunga qarshi chora topishga urundik. O‘ylaymanki, uzun paslar bilan o‘ynash rejamiz ish berdi va yaxshi imkoniyatlarga ko‘proq ega bo‘ldik. Jamoam o‘yinidan qoniqdim.
Jumaboyevning o‘yini yaxshi chiqqanidan xursandmiz. U bir nechta pozitsiyalarni yopishga qodir bo‘lgan yaxshi futbolchi. O‘zimizning tarbiyalanuvchimiz. Uning uchun juda ham xursandman. Biz bundan keyin ham iloji boricha maksimal natija qayd etish uchun harakat qilamiz", - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar