10:00 / 20.10.2020
1 489

Messi yanvarda yangi jamoaga o‘tishi kutilyapti

Messi yanvarda yangi jamoaga o‘tishi kutilyapti
“Manchester Siti” qishki transferlar vaqtida “Barselona”dan Lionel Messini olib kelishga qaror qildi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham sobiq shogirdini intizorlik bilan kutmoqda.

Manchesterliklar argentinalik hujumchining shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolganini inobatga olib, kataloniyaliklarga 15 million funt miqdorida mablag‘ taklif qilishni rejalashtirgan.

Agar “Barsa” rahbariyati bu summaga ko‘nmasa, Messi yozda erkin agent sifatida klubdan tekinga ketib qoladi. Messining o‘zi Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va klubdan ketmoqchi bo‘lyapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)