1 833
Shipilov: “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham"
Coca Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Menimcha, bugungi uchrashuvda har ikki jamoa a’zolari ham o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olishmadi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim. Uchrashuv ikki jamoaga ham qiyin kechganligiga guvoh bo‘ldingiz. O‘yin davomida futbolchilar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishdi, to‘pni o‘z jamoadoshlariga aniq yetkazib bera olishmadi, bir so‘z bilan aytganda, “braklar” ko‘p bo‘ldi. Balki buning o‘ziga yarasha sabablari bordir.
O‘z jamoamiz borasida shuni ta’kidlamoqchimanki, o‘yin juda og‘ir kechdi. Nafaqat, “Navbahor”ga qarshi kechgan bahs, balki barcha uchrashuvlarda oson bo‘lmayapti. Tanaffusdan keyin 9 kun ichida 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Keyingi uchrashuv o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadi. Joriy mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. Qaysi jamoa qolgan uchrashuvlarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsa, omad kulib boqsa, mavsum yakunida turnir jadvalining yuqori qismidan o‘rin olishi mumkin.
“Navbahor” o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadigan jiddiy klub. Bizning jamoamiz ham joriy mavsumda dastlabki beshtalikdan o‘rin olishga harakat qiladi. Bugungi uchrashuv hisobi haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman.
Namanganga “Metallurg” ustozi sifatida uchinchi marta tashrif buyuryapman va doimo menga shogirdlaringiz nega vaqtni cho‘zishga harakat qilishadi, deb savol berishadi.
Statistikaga nazar tashlasangiz, Namanganda bo‘lib o‘tgan oldingi 2 ta o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan hamda bugungi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Men hech qachon yigitlarga bunday ko‘rsatma bermayman. O‘zim ham bir paytlari futbol o‘ynaganman hamda futbolchilik davrimda ham ataylab vaqtni cho‘zishga harakat qilmaganman. Bu menga yarashmaydi va mening tabiatim buni ko‘tarmaydi. “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham.
Faqat buning o‘ziga yarasha ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bor. Futbolchilar ayni paytda o‘yinga to‘liq tayyor emaslar.
“Navbahor” ham Namangandagi ajoyib maydonda 22 daqiqa mobaynida juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ammo undan keyin shunday ruhda o‘yinni davom ettira olmadi. Demak, mezbonlarda ham bu borada qandaydir kamchiliklar bor, to‘g‘rimi? Superligada yuzaga kelgan tanaffus futbolchilarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
“Metallurg” milliy chempionatimiz doirasida Namanganda o‘tkazilgan 24 ta o‘yindan bor-yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozongan ekan, demak, bu “Navbahor”ning kuchliligidan dalolat. Jamoa O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etgan. “Navbahor”da bir paytlari yulduz futbolchilar o‘ynashgan.
Bugungi o‘yinda “Navbahor”dan Ivan Solovyov, jamoamizdan esa Kamoliddin Tojiyev yaxshi o‘yin namoyish etishdi, - deydi Andrey Sergeyevich.
Manba: "Metallurg" matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi