00:06 / 22.10.2020
3 188

5 ta gol urilgan o‘yinda "Real" "Shaxtyor"ga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

5 ta gol urilgan o‘yinda "Real" "Shaxtyor"ga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
UYEFA Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Real" - "Shaxtyor" uchrashuvi yakunlandi. Unda 2:3 hisobi qayd etildi.

Bahs oldidan autsayder sifatida e’tirof etilgan mehmonlar birinchi taymning o‘zidayoq yirik hisobda oldinga o‘tib oldi. Dastlab, Tete hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Taym so‘ngiga qadar, Manor Solomon ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo tanaffusda madridlikoar ustozi shogirdlarini oz bo‘lsa-da o‘ziga keltira oldi. Luka Modrich hamda Vinisius Junior hisobdagi farqni minimal darajaga qisqartira oldi. Bahs so‘ngida esa, Valverdening goli ofsayd tufayli bekor qilindi.

"Real Madrid" (Ispaniya) – "Shaxtyor" (Ukraina) 2 : 3
21 oktabr, 21.55, "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Gollar: Luka Modrich 54', Vinisius Junior 59' - Tete 29', Rafael Varan 33', Manor Solomon 42'
"Real Madrid": Kurtua, Militao, Varan, Marselo, Mendi, Kazemiro, Modrich, Valverde, Asensio, Rodrigo, Yovich.

"Shaxtyor": Trubin, Dodo, Xocholava, Markos, Dentino, Marlos, Tete, Koriyenko, Solomon, Maykon, Bondar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 5 ta gol urilgan o‘yinda "Real" "Shaxtyor"ga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi