
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 7-turi doirasidagi "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan shaxsiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘ylaymanki, ikkala jamoada ham katta bosim mavjud. Ehtimol, "Real Madrid" so‘nggi 2 o‘yinda o‘z darajasida o‘ynamagandir, ammo bu ularning "El Klasiko"ga tushkun kayfiyatda kelishlarini anglatmaydi.
"Real" – bosim bilan qanday kurashishi kerakligini biladigan tajribali futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular g‘alaba qozonish kerakligini tushunishadi.
"Real" zaif o‘yin ko‘rsatishini kutmayapman, aksincha. Ular uchun Ramos o‘ynashi juda muhim. U ajoyib markaziy himoyachi, maydondagi xarizmatik. Uning mavjudligi ko‘p narsaga ta’sir qiladi.
Klasiko – har doim o‘ziga xos bo‘lgan. Biz o‘z uyimizda g‘alaba qozonmoqchimiz. Shu orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatamiz", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 24 oktabr kuni (Toshkent vaqti bilan 19:00da) o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar