2 273
Hamzat Chimayev: «MMA’ga kelganimga uch yil bo‘ldi, yana 3-4 yildan keyin afsonaga aylanaman»
Foto: Instagram
Shvetsiyalik yosh yakkakurashchi Hamzat Chimayev UFC chempionlari Kamaru Usmon va Israel Adesanya bilan jang qilishga tayyor ekani haqida gapirdi.
«Israel Adesanya turib jang qilishda yaxshi, biroq u bilan hali hech kim kurash olib bormagan. Yoel Romero unga «stoyka»da uch-to‘rtta zarba berdi, biroq u to‘xtab qoldi va o‘zini tushunarsiz o‘yinga otdi. Ha, men bu yigitni taslim qila olaman. Men shunchaki uni yiqitaman va shu bilan hammasi tugaydi.
Kamaru Usmon ham yaxshi jangchi, ammo unda mendagi kabi nokautga uchratadigan zarba yo‘q, kurashdagi salohiyatim ham unikidan yuqori. U qanday qilib meni yengishi mumkin? Mashg‘ulot zalida qattiq ishlar ekanman, meni yengishning iloji yo‘q.
Men shunchaki hammani kaltaklash va nokautga uchratishda davom etishim kerak. MMA’ga kelganimga bor-yo‘g‘i uch yil bo‘ldi, bu men uchun boshlanishi. Odamlar o‘n yillab jang qilib UFC’ga kira olmasligi mumkin, men esa bu ishni uch yilda amalga oshirdim. Balki, uch-to‘rt yildan keyin afsonaga aylanarman. Ko‘ramiz», — deydi Chimayev.
Kelib chiqishi Chechenistondan bo‘lgan Hamzat 2020 yilning iyul oyida UFC’da debyut qildi va oradan o‘n kun o‘tib, promoushendagi ikkinchi jangini o‘tkazib, rekordchiga aylandi. Chimayev so‘nggi jangini sentabr oyida o‘tkazdi va unda Jerald Mershartni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi