date

Peres yozda Ronalduni sotishni rejalashtirmoqda

Peres yozda Ronalduni sotishni rejalashtirmoqda

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres hujumchi Krishtianu Ronalduni shu yilning yozida sotishni rejalashtirmoqda.

"Metro" nashrining xabar tarqatishicha, futbolchini sotib olishni istagan klub juda katta miqdordagi summadan voz kechishi kerak bo‘ladi. Ispaniyaning " El Confidencial" gazetasi ham 30 yoshli futbolchiga qaysi jamoa eng katta summa to‘lasa, Ronaldu o‘sha jamoaga sotilishini ma’lum qilgan.

Peresning aytishicha, 30 yoshga kirgan futbolchi masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Futbolchining o‘yini pasayib ketmasidan avval Florentino futbolchini sotish orqali katta daromad ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" La liga doirasida "Atletiko"ga yirik hisobda (0:4) yutqazib qo‘yganidan so‘ng Ronaldu o‘z tug‘ilganini kunini bayram qilgani keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

Manba: www.stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Peres yozda Ronalduni sotishni rejalashtirmoqda