“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga qaror qildi. Bu orqali Turin klubi portugaliyalik to‘purarni olish uchun “Real”ga to‘langan 100 million yevro miqdoridagi mablag‘ning ma’lum qismini g‘aznaga qaytarmoqchi.
Ma’lumki, Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Krishtianuning o‘yiniga hech qanday e’tiroz yo‘q. Biroq, klub xo‘jayinlari ham agar portugaliyalik yulduzni yozda sotib yubormasa, keyin uning transferidan ko‘zlangan foydani olib bo‘lmaydi.
Qolaversa, yaqinda 36 yoshni qarshilaydigan hujumchining 31 million yevrolik maoshi ham pandemiya sharoitida klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Ayni paytda Krishtianu Ronalduga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, AQSH va Xitoyning badavlat klublari ham amaldagi futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi