10:03 / 14.11.2020
1 903

Instat: Suriya bilan o‘yinning eng yaxshilari - IbrohimHalil va Hojimat

Instat: Suriya bilan o‘yinning eng yaxshilari - IbrohimHalil va Hojimat
Futbol o‘yinlarini tahlil qiluvchi "Instat" kompaniyasi ma’lumotlari asosida terma jamoamiz futbolchilarining Suriya bilan o‘yindagi ko‘rsatkichlarini taqdim etamiz.

Unga ko‘ra chap qanot himoyachisi IbrohimHalil Yo‘ldoshev 236 ball to‘plab terma jamoamiz safida eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Himoyachi o‘yin davomida 66ta pas berdi va uning 82 foizi aniq bo‘ldi. Bir marta uning to‘p uzatishi raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat sodir bo‘lishini ta’minladi. 16 marta kurashga kirishgan Yo‘ldoshev 63 foiz kurashda g‘olib bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda zaxiradan maydonga tushgan Hojimat Erkinov qayd etildi - 227 ball. Ikki marta darvozaga zarba bergan (terma jamoamiz safidagi eng yaxshi ko‘rsatkich) Erkinov 12 bor sheriklariga to‘p uzatdi va uning 83 foizi aniq bo‘ldi. Bir bor to‘p uzatish xavfli vaziyatni sodir etdi. Hojimat 13 marta kurashga kirishdi va uning 38 foizida g‘olib bo‘ldi.

Kuchli uchlikni yana bir zaxiradan maydonga tushgan futbolchi yakunlab berdi. Murod Xolmuhammedov "Instat" bo‘yicha 225 ball to‘pladi. U 29ta pas berdi va ularning 76 foizi aniq chiqdi. Uchrashuv davomida uning ikkita to‘p uzatishi raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirdi (terma jamoamizdagi eng yaxshi ko‘rsatkich). 3 bor kurashga kirishdi va 67 foizida yutib chiqdi.

O‘yin davomida o‘ng qanot himoyachisiga aylangan Azizjon G‘aniyev terma jamoamiz safida eng ko‘p pas bergan futbolchi bo‘ldi - 86ta. Undan keyingi o‘rinlarni Yo‘ldoshev (66ta), Lutfulla To‘rayev (58ta) va Islomjon Qobilov (56ta) egallashdi.

To‘p uzatishlarning aniqligi borasida Abrorbek Ismoilov peshqadam bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushgan yarim himoyachi 19ta pas berdi va ularning 95 foizi aniq chiqdi. Darvozabonimiz Abduvohid Ne’matov 27 bor sheriklariga to‘p uzatdi va uning 89 foizi manzilga aniq bordi. Islomjon Qobilov (56ta to‘p uzatish) va Sanjar Qodirqulov (8ta to‘p uzatish) 88 foiz aniqlikka erishishdi.

O‘yin davomida terma jamoamiz raqib darvozasi tomon bir marta aniq zarba berishdi. O‘sha vaziyatda to‘pni Bobir Abdixoliqov tepgandi. Erkinov (2ta), G‘aniyev, Bozorov, Qodirqulov, Masharipov va Abdixoliqovning yana bittadan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

Bahsda terma jamoamiz safida Qobilov va Masharipov havoda raqib bilan kurashdi - 7 martadan. Islomjon 29 foiz holatda g‘olib bo‘ldi, Jaloliddin esa 14 foiz holatda raqibdan havodagi kurashda ustun keldi. Murod Xolmuhammedov ikki bor havoda kurashga kirishdi va ikkalasida g‘olib bo‘ldi. G‘aniyev esa bir bor havodagi kurashga kirdi va unda g‘olib bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida eng ko‘p driblingni Oybek Bozorov amalga oshirdi - 6ta. Ularning yarmi muvaffaqiyatli chiqdi. Yo‘ldoshev besh marta dribling qildi (80 foiz muvaffaqiyatli), Erkinov ham beshta dribling ishlatdi (40 foiz muvaffaqiyatli).

Darvozabon Abduvohid Ne’matov qo‘riqlagan darvoza tomon suriyaliklar 9ta zarba berishdi, shundan 4tasi darvozaga aniq bordi. Ne’matov 3 marta seyv namoyish etdi. Ya’ni aniq zarbalarning 75 foizini qaytardi. Bir bor Ne’matov superseyv namoyish etdi. Bahs davomida Abduvohid raqibning qanotdan uzatgan 9ta to‘pini ushlab oldi.


Instat asosida Narzulla tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Instat: Suriya bilan o‘yinning eng yaxshilari - IbrohimHalil va Hojimat