12:43 / 14.11.2020
1 831

Ravshan Haydarov: "Oston O‘runov, Shahboz Umarov kabi legionerlarimiz ham olimpiya terma jamoasida o‘ynay oladi"

Ravshan Haydarov: "Oston O‘runov, Shahboz Umarov kabi legionerlarimiz ham olimpiya terma jamoasida o‘ynay oladi"
O‘zbekiston U22 terma jamoasi 10-16 noyabr kunlari Toshkentda shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bugun AGMK jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Kecha olimpiya terma jamoamiz "Bunyodkor" akademiyasi maydonida navbatdagi kungi mashg‘ulotlarni olib bordi. Biz esa davom etayotgan yig‘in va yangi olimpiya terma jamoasini shakllantirish borasida bosh murabbiy Ravshan Haydarovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Olimpiya terma jamoasining tayyorgarligi, bu yosh toifasidagi musobaqalarni, yig‘inlarni tashkil qilishdan maqsad shuki, 20-23 yoshdagi futbolchilarning xalqaro musobaqalardan uzilish bo‘lmasligidir. OFK ham shuni hisobga olgan holda U23 Osiyo chempionatini tadbiq etgan. Ikkinchidan bizda bu yoshdagi futbolchilar birdaniga o‘ynab yoki ochilib ketmaydi.

Milliy terma jamoaga futbolchilarni yetkazib berishda uzilish bo‘lmasligi kerak. 18-19 yoshdan keyin o‘z klublarida o‘ynaydimi yo‘qmi, murabbiylar ishonch bildiradimi yo‘qmi, lekin terma jamoada xalqaro o‘yinlarda ishtirok etish hisobiga o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada ortishi mumkin. Motivatsiya beradi. Shuning uchun bu yoshdagi terma jamoaning tashkil etilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. U22 terma jamoasi anchadan beri bor.

Men o‘zim uchinchi avlodni shakllantirmoqdaman. Hozirgi jamoada 1999-2000 yillarda tug‘ilgan futbolchilar jamlangan. Hozirda jamoani shakllantirish va tanlov jarayoni ketmoqda. Qiyinchiliklarga, pandemiyaga qaramasdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan uchinchi yig‘inni o‘tkazmoqdamiz. Futbolchi terma jamoaga chaqirildim yanada o‘zimni ko‘rsatishim kerak degan fikr bilan yanada oldinga intilishi lozim.

Ayrim jamoalarda murabbiylar tomonidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga munosabat ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Boisi bularning hammasi ham asosiy tarkib futbolchisi emas. Hozirgi yig‘inga 9ta Superliga jamoasidan, Pro liga jamoalaridan futbolchilar jalb etilgan. Uchinchidan tanlov ishlari olib borilmoqda taklif etilgan 35ta futbolchidan iborat ro‘yxat yana qisqarib boradi, jamoa, o‘yin uslubi va falsafasi shakllantirilyapti.

Ushbu jamoa bilan kelasi yili iyun oyida Osiyo chempionati saralashida ishtirok etamiz. Shunga qadar yuqorida ta’kidlaganimdek jamoa va o‘yin uslubi shakllanishi kerak. Chunki bu O‘zbekistonning ikkinchi terma jamoasi hisoblanadi. Boz ustiga bu futbolchilarni yosh ham deb bo‘lmaydi. Boisi bu katta futbol.

Jamoani kuchaytiradigan, terma jamoada o‘ynash huquqi bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p. Husniddin Aliqulov, Akmal Mazgavoy, Dilshod Saitov va hokazo. Olimpiya terma jamoasiga nomzod legioner futbolchilarimiz ham bor. Ularni keyingi yig‘inlardan boshlab taklif qilamiz. Masalan Humoyunmirzo Iminov, Shahboz Umarov hattoki Oston O‘runov ham bu yoshdagi terma jamoada o‘ynashi mumkin. Milliy terma jamoamizga chaqirilayotgan futbolchilar o‘ynashsin bunga gap bo‘lishi mumkin emas. Milliy terma jamoa ham ular uchun qaysidir ma’noda mahorat maktabi vazifasini o‘taydi. Tajriba to‘plashadi. Ularni kerak paytda olishimiz mumkin bo‘ladi. Bu jamoaning asosiy vazifasi milliy terma jamoaga futbolchi yetkazib berish.

Meni jamoani shakllantirish prinsipim bor. Avvalgi avlod vakillaridan iborat olimpiya terma jamoasiga deylik 1995-1996 yillardan iborat bo‘lgan futbolchilarni orasiga 7-8 nafar undan kichik bo‘lgan futbolchilarni qo‘shganman. O‘sha chempion bo‘lgan jamoa tarkibidan 8ta 1997 va 1998 yilda tug‘ilgan futbolchilar joy olishgan. Aziz G‘aniyev, Bobir Abdixoliqov, Hojiakbar Alijonov kabi futbolchilar kattalar orasida pishib tajriba to‘plab borishgan. Bu yoshdagi jamoaga esa 1999 yilda tug‘ilgan futbolchilarni jalb qilganman. Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov va hokazo. Hozirda ularning tajribasi esa 2000 yillar uchun asqotadi.

Keyingi musobaqani o‘ylagan holda jamoa shakllantirish mening prinsipimga kiradi. 2001 yillardan tashkil topgan Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoaga tegilmayotgani sababi ularning oldida katta vazifa turibdi. Mart oyida Osiyo chempionatida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashishadi. Ularning fikri va diqqati bitta yo‘nalishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Biz esa Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinovlar bemalol U22 terma jamoasini kuchaytirishga qodir.

Hozirda e’tiborim olimpiya terma jamoasining mashg‘ulotlariga va yig‘iniga qaratilgani sababli "Surxon"ni Vladimir Andreyev boshqarayotgani mantiqqa to‘g‘ri keladi",- deydi Ravshan Haydarov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Oston O‘runov, Shahboz Umarov kabi legionerlarimiz ham olimpiya terma jamoasida o‘ynay oladi"