
Foto: Twitter
Yengil atletika bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt o‘zining tezligini «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduniki bilan solishtirdi.
«Agar hozir bellashadigan bo‘lsak, Krishtianu yutadi degan fikrdaman, buni ishonch bilan ayta olaman. Chunki u hali ham ishda. Uni superatlet deb hisoblayman, u o‘z sportida har doim top-darajada bo‘lib kelgan. U har kuni zo‘r berib mehnat qiladi, u doim diqqat-e’tiborda. O‘ylashimcha, hozirda u mendan tezkorroq», — deydi Bolt.
Portugaliyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda A Seriyada to‘rtta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar