Foto: O‘FA
BAAning «Shabob al-Ahli» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev klubidagi faoliyati va terma jamoaning Iroqqa qarshi kechadigan uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
- Boshida «Shabob al-Ahli»ga, murabbiylarga moslashish kerak bo‘ldi. Undan keyin o‘zimning yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatishga harakat qildim. Asta-sekin murabbiylar ishonchini qozondim va asosiy tarkibdan joy oldim. Shukurki, hozirda asosiy tarkibda harakat qilyapman, chempionatlar ham boshlandi, endi bundan keyin faqat o‘yinlar bo‘ladi.
Jarima zarbalari? O‘yindan avval jarima zarbalari tepish borasida mashg‘ulot bo‘ladi. 2-3 futbolchi kelib jarimalarni tepadi. Menda ko‘proq o‘xshagani uchun murabbiy meni jarima zarbalarining asosiy ijrochisiga aylantirdi. Shundan buyon standart vaziyatlarni men ijro etyapman.
Iroq terma jamoasi ham kuchli raqib. Ularning o‘yinlarini ko‘rib, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Ular uchun ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Ularga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladik. Nasib qilsa, chiroyli o‘yin ko‘rsatib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Aziz G‘aniyev.
O‘zbekiston terma jamoasi 17 noyabr kuni BAAda Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi