
Coca Cola Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vadim Abramov OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
"Fikrimcha, haqli ravishda g‘alaba qozondik, ustunlikka ega bo‘ldik. Raqibga moslashgan holda qarshi hujumlardan ehtiyot bo‘lib o‘ynadik. Ular orqada qolib, bizning xatolarimiz kutishdi. Futbolchilar to‘p nazoratini qo‘lga olishga va shoshmaslikga urinishdi. «So‘g‘diyona» yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilindi. Lekin qarshi hujumda o‘ynadi va ko‘proq standart vaziyatlarga e’tibor qaratdi. Futbolchilarga g‘alaba uchun rahmat aytaman", - deydi Abramov.
"Bunyodkor" Superliganing 25-turida o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi, "So‘g‘diyona" esa Jizzaxda "Qizilqum"ni mehmon qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar