“Nasaf” – “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin 24-turning bezagiga aylandi. Tan olaylik, qarshiliklarning chempion jamoa darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritishini hech kim kutmagandi. Lekin ushbu mavsumda “Paxtakor”dan so‘ng, chindan ham “Nasaf”ning o‘yinlari olqishlarga sazovor bo‘lib kelyapti.
Sarlavha darhol e’tiboringizni tortganiga aminmiz. Keling, uch yil orqaga qaytaylik, 2017 yilning 19 noyabr kuni Qarshida Shota Arveladzening “Paxtakor”i “Nasaf” tomonidan 4:0 hisobida tor-mor etilganini yaxshi eslaymiz. O‘sha mag‘lubiyat gruziyalik murabbiy uchun jiddiy zarba bo‘lgandi. Keyin nima qildi?
Birma-bir “Nasaf”ning yetakchilarini o‘z safiga og‘dira boshladi. Akmal Shorahmedov, Eldor Suyunov, Odil Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Farruh Sayfiyev, Sanjar Quvvatov, Sherzod A’zamov, Dragan Cheran singari tajribali o‘yinchilar hisobiga “Paxtakor” tarkibini ancha boyitib oldi. Klubning hozirgi muvaffaqiyatlarida sobiq “nasaf”chilarning qo‘shayotgan hissalarini barcha ko‘rib turibdi.
O‘sha paytda ko‘pchilik “Nasaf”ni “sindi”, deb hisoblashgandi-a? Lekin u yerda akademiya bilan Ro‘ziqul Berdiyev bor ekan, ancha-munchaga “sinishi” qiyin. “Paxtakor” qarshiliklarning yetakchilarini olib ketganidan keyin “Nasaf” yana mahalliy yoshlariga bor e’tiborini qarata boshladi. Natijada o‘zbek futboliga yangidan-yangi iqtidorlar kashf etilib kelmoqda.
To‘g‘ri, o‘sha 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, o‘zaro uchrashuvlarda asosan “Paxtakor”ning qo‘li baland kelayotgandi. Berdiyev esa mana shunday o‘yinlar orqali yosh shogirdlarini “pishitib” keldi va oqibatda bu safargi to‘qnashuvda “ajdarlar” yana katta sahnaga chiqdi. Yana bir bor “Nasaf”dagi jaydari yigitlar Arveladze va “Paxtakor”ga o‘z kuchlarini ko‘rsatib qo‘ydilar.
E’tibor beryapsizmi, yana o‘sha uch yil oldingi holat takrorlanayotgandek, go‘yo! Kechagi uchrashuvdan so‘ng, Shota Arveladze “Nasaf” futbolchilarining o‘yini yoqqanini aytib o‘tdi. Balki bu bejiz emasdir. Bu esa Berdiyevni o‘ylantirib qo‘ydi. Chunki kim kafolat beradi, “Paxtakor”ni yana “Nasaf” futbolchilarini “ilib” ketmasligiga?!
Yashirishning keragi yo‘q, oxirgi paytlarda qarshiliklarning bir qancha futbolchilariga yaxshi takliflar bo‘layotganligi xususida eshitib turibmiz. Qiziq, “Paxtakor” yana “Nasaf” futbolchilarini “nishon”ga oldimikin? Lekin bu safar endi “ajdarlar” ham jim qarab turmasa kerak-a?! Uch yil oldin yetakchilarini saqlab qolishning uddasidan chiqa olmagandi va bu Ro‘ziqul Berdiyevga yaxshigina dars bo‘lgandi.
Murabbiy esa o‘tgan vaqt davomida yo‘qotishlarga qaramay, o‘zining mahalliy kadrlaridan yana ajoyib jamoani tuza oldi. Bu yil ikkinchi o‘rinda borayotgani bejiz emas, albatta. Shunday ekan, uning shogirdlariga takliflar bo‘lishi aniq. Lekin “Paxtakor”ning bu borada pozitsiyasi qanday bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Balki ko‘p masala Arveladzening klubda qolish yoki qolmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Ammo shunisi aniqki, bunday iste’dod egalari Berdiyevning o‘ziga ham kerak. Ushbu vaziyat bilan bog‘liq voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi