07:30 / 30.11.2020
3 027

Mayk Tayson zarbalar statistikasi borasida Roy Jonsdan yaqqol ustunlik qilgani ma’lum bo‘ldi

Mayk Tayson zarbalar statistikasi borasida Roy Jonsdan yaqqol ustunlik qilgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson va to‘rtta divizion sobiq chempioni Roy Jons o‘rtasidagi jang statistikasi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Tayson raqibini aniq zarbalar borasida ortda qoldirgan. Mayk yo‘llagan 193 zarbaning 67 tasi aniq chiqqan. Royda esa 236 yo‘naltirilgan zarbaning 37 tasi aniq borgan.

Kuchli zarbalar borasida ham Tayson yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan. Unda 137 zarbaning 57 tasi aniq borgan. Jons esa bu ko‘rsatkich: 151 ga 28.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 29 noyabr tongida Los-Anjelesda (AQSH) afsonaviy bokschilar o‘rtasida ko‘rgazmali jang o‘tkazildi. 8 raund davom etgan jangda durang natija qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson zarbalar statistikasi borasida Roy Jonsdan yaqqol ustunlik qilgani ma’lum bo‘ldi