O‘zbekiston Kubogi chorak finali "Paxtakor" - "Qizilqum" (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kubok bahslari bir o‘yindan iborat bo‘lishini hisobga olsek, o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Birinchi taymda uch-to‘rtta imkoniyatga ega bo‘ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Ammo bugungi g‘alaba haqli qo‘lga kiritildi.
Taqvim juda tig‘iz, har to‘rt kunda maydonga tushishga majbur bo‘lyapmiz, biroq yigitlarga qoyil, ular o‘yinni nazorat qila olishdi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Oldinda yarim final. Ozroq vaqtdan so‘ng raqibimiz kim bo‘lishini bilib olamiz Tanaffus vaqtida yigitlarga ko‘p gapirib o‘tirmadi. Chunki ikkala taymni ham birdek yaxshi o‘tkaza oldik. Faqat ularga hissiyotlarga berilmaslikni va so‘nggi zarbalarni yaxshiroq berishlari haqida gapirdim.
Siddiqovning ketishi? Transferlarga izoh bermayman, chunki mish-mishlar muhokama qilinmaydi.
Hakamlar doimo o‘yinni to‘g‘ri boshqarishga harakat qilishadi. O‘yindan so‘ng o‘lardan uzr so‘rayman, chunki o‘yin vaqtida hissiyotlarga berilib ketaman. Raqib nima uchun e’tiroz bildirayotganini bilmayman, hammaning o‘z qarashi bor. Bizni yigitlarga ham yetarlicha sariq kartochka ko‘rsatildi, ofsayd yo‘q holatda qanot hakam bayrog‘ini ko‘tardi.
Vaziyatlarimiz yetarlicha bo‘ldi, shuning uchun hisobni tezroq 2 taga oshirib olishni juda xohlagandim, ammo bu futbol va sening hamma hujuming ham gol bilan yakunlanmaydi. Yigitlarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman, ular bugun juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi, - deydi Arveladze. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi