
Italiya A Seriyasining 12-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenao” o‘z maydonida chempionat peshqadami hisoblangan “Milan”ni qabul qildi.
Genuyadagi o‘yin shiddatli va gollarga boy kechdi va 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Jenao”ning har ikkala gollarini ham Mattia Destro (47', 60') kiritdi. “Milan” safida Davide Kalabriya (52') va Per Kalulu (83') gol urdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 85 daqiqa harakat qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar