09:30 / 19.12.2020
2 506

Gennadiy Golovkin yengilmas bokschini muddatidan avval taslim etdi

Gennadiy Golovkin yengilmas bokschini muddatidan avval taslim etdi
Foto: Twitter
Professional boksning o‘rta vazn toifasida (-72,5 kg) IBO hamda IBF chempionlik kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36 KO) 19 dekabr tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Golovkin polshalik yengilmas bokschi Kamil Sheremetaga (21-1, 5 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda qozog‘istonlik bokschi ustunlikka ega bo‘ldi va 7 raund davomida raqibini to‘rt bor nokdaun holatiga tushirdi.

8-raund oldidan Sheremetaning murabbiylari jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa Golovkin IBO va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gennadiy Golovkin yengilmas bokschini muddatidan avval taslim etdi